26.05.2026
Qurbon Hayiti muborak bo'lsin!
Hurmatli hamkorlar, mijozlar va do'stlar!
Sizlarni va oila a'zolarini muqaddas Qurbon Hayiti bayrami bilan chin dildan muborakbod etamiz!
Ushbu yorug' va quvonchli kunlarda sizlarga mustahkam sog'lik, tinchlik, ezgulik va farovonlik tilaymiz. Ushbu bayram xonadoningizga osoyishtalik olib kelsin, uyingizni fayz-baraka, shinamlik va iliqlik bilan to'ldirsin.
Barcha ezgu niyatlar va ishlaringizda doimo omad yor bo'lsin, oilangizda esa hamjihatlik va mehr-oqibat hukm sursin. Biz hamkorligimizni yuksak qadrlaymiz va bizni tanlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Eng ezgu tilaklar bilan, Maxdecor jamoasi